Asosiy kontentga o'tish
Buyuk ajdodlarimiz siymosi
AMIR TEMUR portreti
1336 — 1405 · Kesh (hozirgi Shahrisabz shahri) viloyatining Xoja Ilg‘or qishlog‘i

AMIR TEMUR

Amir Temur (Temur ibn Tarag‘oy Baxodir) — buyuk sarkarda, markazlashgan ulkan saltanat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.

Tarixi

Hayoti va faoliyati

Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan. U XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrda tarqoqlikka barham berib, kuchli va markazlashgan davlat barpo etdi. O‘zining adolatli siyosati, harbiy mahorati va bunyodkorlik ishlari bilan jahon tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Uning boshqaruvi davrida ilm-fan, san'at, me'morchilik va savdo-sotiq jadal rivojlandi. Amir Temur 1405-yil 18-fevralda O‘tror shahrida vafot etgan va Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasiga dafn etilgan.

Portret tavsifi

Badiiy yechim

Tasviriy san'at asarlarida Amir Temurning siymosi yaratilganda rassomlar uning tashqi qiyofasi bilan birga ichki olami, hukmdorlik salobati va donishmandligini ochib berishga alohida e'tibor qaratishgan. Portret ustida ishlash jarayonida tarixiy manbalar, miniatyuralar hamda Ibn Arabshoh kabi zamondoshlarining yozma ma'lumotlariga tayanilgan. Asarda yorug‘-soya kontrastlari, milliy naqshlar va zarrin ranglardan foydalanish orqali davr ruhiyati va siymoning ulug‘vorligi mahorat bilan ochib berilgan. Hukmdorning qat'iy nigohi, milliy liboslardagi o‘ziga xos detallar asarning g‘oyaviy-badiiy ta'sirchanligini ta'minlaydi.

Galereya

Rasmlar

Rasm ustiga bosing — to'liq o'lchamda ochiladi. Klaviaturadagi o'q tugmalari bilan rasmlar orasida yurish mumkin.

chizish bosqichi
Chizishni o'rganish

Amir Temur siymosini ifodalash (tasvirlash) bosqichlari

O'rta 0 bosqich
Video darslar

Video materiallar

Amir Temur porteritini chizish video dars